Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Uli Xyoness Vensan Kompanining ishini yuqori baholadi

Uli Xyoness Vensan Kompanining ishini yuqori baholadi

Baho:
+ | -

«Bavariya» faxriy prezidenti Uli Xyoness Myunxen klubi 35-bor Germaniya chempioni bo‘lganidan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Vensan Kompanining mehnatini alohida e’tirof etdi.

«Bavariya» tarixida jamoa hech qachon hozirgidek jipslashmagan edi. Bu jamoada mutlaqo guruhbozlik yo‘q. Bu nafaqat futbolchilarga, balki butun murabbiylar shtabi, fizioterapevtlar, shuningdek, Maks Eberl va Kristof Froyndga ham tegishli.

Biz Vensan Kompanini tayinlaganimizda hamma: «Angliyada quyi ligaga tushib ketgan jamoadan kelgan odam qanday qilib «Bavariya»ni boshqarishi mumkin?» deb o‘ylagandi. Ko‘pchilik uning buni uddalay olishiga ishonmagan edi.

Biz Vensan, uning otasi, Gerbert Xayner, Maks Eberl va Kristof Froynd bilan tushlikda uchrashdik. Yarim soatdan keyin stol tagidan Maksning tizzasidan tutib, unga «layk» (katta barmoq yuqoriga) ishorasini ko‘rsatdim. Aynan o‘shanda hammasi yaxshi bo‘lishini va Vensan biz uchun mos inson ekanligini tushundim va his qildim.

Vensan o‘z tahlillari markaziga «mehnat» so‘zini qo‘ydi. Bu menga juda yoqdi va bu mamlakatimiz uchun yaxshi namuna bo‘la oladi. Ba’zilar hamma narsaga kamroq kuch sarflab erishish mumkin deb o‘ylashadi, lekin bu mutlaqo noto‘g‘ri.

Vensan har kuni ertalab soat 7:30 da ishga keladi va kechqurun eng oxirgilardan bo‘lib ketadi. Uning bundan zavqlanayotgani ko‘rinib turibdi va biror futbolchi jarohat olganida u hech qachon nolimagan. U bu yerdagi har bir futbolchini, hatto Harri Keynni ham yaxshiroq qildi — haqiqiy mahorat mana shunda», — dedi Uli Xyoness Bild nashriga bergan intervyusida.

Kiritildi: 15:56, 20.04.2026.
O'qildi: 474 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик