Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Figu "Real"dagi beqarorlik sabablarini aytdi

Figu "Real"dagi beqarorlik sabablarini aytdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi sobiq yarimhimoyachisi Luish Figu jamoaning joriy mavsumdagi muvaffaqiyatsiz ishtiroki borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, «qirollik klubi» ayni paytda Ispaniya chempionati turnir jadvalida «Barselona»dan 9 ochkoga ortda qolmoqda. Shuningdek, jamoa Yevropa Chempionlar ligasi va Ispaniya kubogi bahslarini tark etgan, Superkubok finalida esa imkoniyatni boy bergan. Joriy yilning yanvar oyida Xabi Alonso iste’foga chiqarilib, uning o‘rniga Alvaro Arbeloa bosh murabbiy etib tayinlangan edi.

Luish Figu jamoadagi beqarorlik sabablari haqida to‘xtalar ekan, quyidagilarni ta’kidladi:

— «Real»da murabbiy almashgani jamoa o‘yinida beqarorlikni yuzaga keltirdi. Odatda odamlar aybdorni tashqaridan izlashadi, biroq men ichki muhitdan xabardor emasman. Dunyoning eng kuchli klublaridan biri ikki yil davomida birorta ham sovrin yuta olmasa, bu jiddiy signal hisoblanadi.

Shuningdek, sobiq futbolchi Madrid klubidagi bosim va talablar yuqoriligini qayd etdi:

— Madridda hamma narsa g‘alabaga asoslangan, klub zafarlarga o‘rganib qolgan. Biroq futbolda doim ham g‘alaba qozonishning iloji yo‘q, aks holda o‘yin zerikarli bo‘lib qolardi. Boshqa ambisiyasi baland jamoalar ham borligini unutmaslik kerak. Madridda har bir muvaffaqiyatsizlik katta shov-shuvga sabab bo‘ladi. Ishonamanki, futbolchilar doim g‘alabani istaydi, mag‘lubiyat esa vaziyatni yanada qiyinlashtiradi, — dedi Figu.

Kiritildi: 16:31, 20.04.2026.
O'qildi: 806 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик