Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

«Fenerbaxche» Ederson Morayes bilan xayrlashmoqchi

«Fenerbaxche» Ederson Morayes bilan xayrlashmoqchi

Baho:
+ | -

Turkiyaning «Fenerbaxche» klubi braziliyalik darvozabon Ederson Morayesning xizmatlaridan voz kechish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Turkiyaning «Sabah» nashri xabar bermoqda.

2025 yilning sentyabr oyida «Manchester Siti»dan sotib olingan 32 yoshli posbon so‘nggi paytlarda keskin tanqidlarga uchramoqda. Xususan, uning «Rizespor»ga qarshi kechgan bahsdagi (2:2) ishonchsiz harakatlari klub rahbariyatining u bilan xayrlashish istagini yanada kuchaytirgan.

Biroq, futbolchining transferi borasida moliyaviy to‘siqlar mavjud. Ma’lumotlarga ko‘ra, Edersonning yillik ish haqi 11 million yevroni tashkil etadi. Yevropaning yetakchi klublaridan biri darvozabonni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan, ammo futbolchi maoshining 3 million yevrogacha tushirilishiga rozi bo‘lmagani sababli muzokaralar to‘xtab qolgan.

Ma’lumot uchun, Ederson joriy mavsumda «Fenerbaxche» safida 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 33 ta to‘p olib chiqdi. U 13 ta o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, uni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ham mavjud.

Kiritildi: 17:28, 20.04.2026.
O'qildi: 699 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик