Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

«Arsenal» nega yana chempionlik bosimiga dosh berolmayapti?

«Arsenal» nega yana chempionlik bosimiga dosh berolmayapti?

Baho:
+ | -

«Etihad»da «Manchester Siti»dan qabul qilingan mag‘lubiyat nafaqat taktik, balki ruhiy jihatdan ham chempionlik poygasida burilish nuqtasi bo‘ldi. «Arsenal»da hali imkoniyat bor, ammo jamoa ikkita jiddiy muammoga duch keldi.

1. Hujumda «qotil» yetishmasligi

Hal qiluvchi pallada «Arsenal»da imkoniyatdan foydalana oladigan futbolchi topilmadi. Xavers Donnarummaning xatosidan so‘ng gol urgan bo‘lsa-da, o‘yinning qo‘shimcha vaqtida hisobni tenglashtirish uchun eng qulay imkoniyatni qo‘ldan chiqardi — uning bosh bilan yo‘llagan zarbasi to‘sin yuqorisidan o‘tib ketdi.

«Siti»da esa bunday futbolchi bor: Erling Holand. 2026 yilda APLda atigi 3 ta gol urgan va 11 fevraldan beri sukut saqlayotgan hujumchi aynan kerakli paytda qaytdi. Uning Gabriel ustidan qilgan finti va aniq zarbasi «shaharliklar»ga g‘alaba keltirdi.

2. Hal qiluvchi daqiqalardagi tajribasizlik

«Siti» chempionlarga xos sovuqqonlikni namoyish etdi. Kelasi yozda jamoani tark etadigan Bernardu Silva mavsumdagi eng yaxshi o‘yinlaridan birini o‘tkazdi, Rodri esa tempni to‘liq nazorat qildi.

«Arsenal»da esa bunday ruhiy barqarorlik sezilmayapti. Klub ichidagi gaplarga qaraganda, ular chempion bo‘lmaguncha «g‘oliblik mentaliteti»ni shakllantira olishmayapti. Bu esa yopiq doirani eslatadi: titul yutish uchun mentalitet kerak, mentalitet uchun esa titul.

Bu nega ayniqsa og‘riqli?

«Arsenal» APLda ketma-ket ikkita o‘yinda yutqazdi (bungacha 49 o‘yinda atigi 3 bor mag‘lub bo‘lgandi).

Olti ochkolik farq eng noqulay paytda yo‘qqa chiqdi.

Agar chorshanba kuni «Siti» «Byornli»ni yengsa, londonliklar birinchi o‘rinni boy berishadi. Gvardiola jamoasi aprel-may oylarida odatda eng yaxshi formasiga kiradi.

Kiritildi: 18:19, 20.04.2026.
O'qildi: 188 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик