Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Alvaro Arbeloa: "Real"ni Chempionlar ligasi yarim finaliga chiqish imkoniyatidan mahrum qilishayotgandek tuyuladi"

Alvaro Arbeloa: "Real"ni Chempionlar ligasi yarim finaliga chiqish imkoniyatidan mahrum qilishayotgandek tuyuladi"

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finali doirasida «Bavariya»ga qarshi kechgan bahsdan so‘ng jamoa atrofidagi muhit va o‘z rejalari haqida to‘xtaldi.

Eslatib o‘tamiz, 15 aprel kuni bo‘lib o‘tgan javob uchrashuvida madridliklar myunxenliklarga 3:4 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtiroklarini to‘xtatgan edi. Shundan so‘ng murabbiy jamoadagi holati va muxlislarning munosabati haqida quyidagilarni ta’kidladi:

— Men o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Kuch-quvvat, g‘ayrat va ambisiyalarga to‘laman. Ushbu lavozimda ekanman, shunday bo‘lib qoladi. Men uyda o‘tiradiganlar toifasidan emasman. Tashqariga chiqqanimda «Real» muxlislarining jamoamiz «Bavariya»ga qarshi ko‘rsatgan o‘yini, futbolchilarning fidoiyligi va sa’y-harakatlaridan faxrlanayotganini his qildim, — dedi Arbeloa.

Shuningdek, mutaxassis uchrashuvdagi ayrim omillar va natijaga bo‘lgan munosabatini yashirib o‘tirmadi:

— Hozirda ko‘chalarda bizni yarim finalga chiqish yoki bu o‘rin uchun kurashish imkoniyatidan mahrum qilishgan, degan tuyg‘u hukm surmoqda. Shaxsan men ham aynan shunday fikrdaman va vaziyatni shunday his qilyapman, — deya qo‘shimcha qildi murabbiy.

Kiritildi: 18:31, 20.04.2026.
O'qildi: 613 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик