Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Ispan murabbiyi «Real» short-listiga kirdi

Ispan murabbiyi «Real» short-listiga kirdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi nomzodlar ro‘yxatiga sovrindor ispan murabbiyi kiritildi.

Jurnalist Grem Beylining TEAMtalk nashri uchun bergan xabariga ko‘ra, «Aston Villa» ustozi Unai Emeri kelasi mavsum oldidan Alvaro Arbeloaga o‘rinbosar qidirayotgan Ispaniya grandining nishoniga aylangan.

Garchi 54 yoshli Emeri hozircha Birmingemning «sherlari» bilan biror sovrin yutmagan bo‘lsa-da, u Angliyaning eng yaxshi mutaxassislaridan biri sanaladi. Joriy mavsumda uning jamoasi Yevropa Ligasi g‘olibligi uchun asosiy favorit bo‘lib turibdi.

Shuningdek, Emeriga «Manchester Yunayted» ham qiziqish bildirayotgani qayd etilgan. Mankunianliklar hali Maykl Kerrikning klubdagi kelajagi borasida bir qarorga kelishmagan.

Unai Emeri «Aston Villa»ni 2022 yilning noyabrida qabul qilib olgan edi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 18:41, 20.04.2026.
O'qildi: 1207 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик