Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Gasperini «Roma» rahbariyati oldiga qat’iy shartlar qo‘ydi

Gasperini «Roma» rahbariyati oldiga qat’iy shartlar qo‘ydi

Baho:
+ | -

Italiyaning «Roma» klubi bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperinining jamoadagi kelajagi so‘roq ostida qolmoqda. 68 yoshli mutaxassis klub egalari bilan uchrashib, faoliyatini davom ettirish uchun o‘z talablarini ilgari surdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tajribali murabbiyning asosiy talablaridan biri — klub sport direktori Klaudio Ranyeri bilan hamkorlikni to‘xtatish hisoblanadi. Gasperini o‘zi bevosita muloqot qila oladigan yangi funksioner tayinlanishini istamoqda.

Shuningdek, murabbiy transfer strategiyasi ustidan to‘liq nazorat o‘rnatishni talab qilgan. Uning fikricha, jamoa kelgusi mavsumda raqobatbardosh bo‘lishi uchun asosiy tarkib darajasidagi kamida 3-4 nafar yangi futbolchi sotib olinishi zarur.

Agar klub rahbariyati ushbu shartlarni qabul qilmasa, 2025 yilning yozidan buyon rimliklarni boshqarib kelayotgan mutaxassis xorij klublaridan tushayotgan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirgan.

Kiritildi: 18:55, 20.04.2026.
O'qildi: 681 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик