Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Spalletti «Yuventus»ning «Bolonya» ustidan qozongan g‘alabasiga izoh berdi

Spalletti «Yuventus»ning «Bolonya» ustidan qozongan g‘alabasiga izoh berdi

Baho:
+ | -

«Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti Italiya A Seriyasi 33-turidan o‘rin olgan «Bolonya»ga qarshi o‘yindan (2:0) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Boshqa natijalarni hisobga olsak, bizga aslo tempni tushirish mumkin emas edi. Natijalarimizdan qat’i nazar, jadvaldagi o‘rnimizni saqlab qolishimizni bilardik, ammo bu tavakkalchilik edi. Shu sababli o‘yin boshidanoq kerakli kayfiyatni sozlab olishimiz va undan chekinmasligimiz lozim edi.

«Bolonya» uchun safarlar va Yevropa Ligasidagi ishtirok tufayli hafta og‘ir kelganini bilardik. Agar o‘yin shiddatini saqlab qolsak, bu bizga katta ustunlik berishini tushunib turgandik. Hamma juda yaxshi o‘ynadi va biz tezkor gol urdik. Ba’zida raqib bizga bosim o‘tkazdi, lekin Vinchenso Italyano boshqaruvidagi kuchli jamoa bilan o‘yinda bu tabiiy hol.

Albatta, hozir mas’uliyat va bosim yuqori, biroq jamoa yaxshi futbol o‘ynashga harakat qilmoqda. Futbolchilar bir-birlariga g‘amxo‘rlik qilishmoqda va yordam berishga tayyor — bu murabbiy uchun juda muhim. Biz to‘g‘ri yo‘ldamiz va har kuni jamoada yangi ijobiy o‘zgarishlarni ko‘ryapman, shu bois shu ruhda davom etishni istaymiz», — deya Spallettining so‘zlarini keltiradi Football Italia.

«Yuventus» 63 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda. «Bolonya» esa 33 o‘yindan so‘ng 48 ochko bilan 8-pog‘onani egallab turibdi.

Kiritildi: 20:10, 20.04.2026.
O'qildi: 685 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик