Ruminiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib George Xadji tayinlandi. 61 yoshli mutaxassis va Ruminiya futbol federasiyasi o‘rtasida ikkita saralash siklini o‘z ichiga olgan shartnoma imzolandi.
Eslatib o‘tamiz, 7 aprel kuni rumin jamoasining avvalgi ustozi, 80 yoshli Mircha Luchesku vafot etgan edi.
George Xadji futbolchi sifatida «Styaua», «Real», «Barselona» va «Galatasaray» klublaridagi faoliyati bilan mashhur. U murabbiy sifatida 2001 yilda ham Ruminiya terma jamoasini boshqargan, shuningdek, «Styaua» va boshqa mahalliy klublarda, ikki marta esa «Galatasaray»da faoliyat yuritgan.













