Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

«Bavariya» prezidenti jamoaning 35-chempionlik titulini qo‘lga kiritganiga izoh berdi

«Bavariya» prezidenti jamoaning 35-chempionlik titulini qo‘lga kiritganiga izoh berdi

Baho:
+ | -

«Bavariya» prezidenti Gerbert Xayner jamoaning muddatidan oldin Germaniya chempioni bo‘lgani (bu klub tarixidagi 35-titul) haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Germaniya chempioni bo‘lish oson emas. Ammo chempion bo‘lib qolishni uddalash — «Bavariya» muvaffaqiyatining garovidir. Ushbu jamoaning o‘yinini kuzatish shunchaki zavq bag‘ishlaydi. Ular bir joyda to‘xtab qolishmayapti. Bunda futbolchilar, Vensan Kompani boshchiligidagi murabbiylar shtabi, direktorlar kengashi va sport rahbariyatining xizmatlari beqiyos.

Titul har doim asosiy maqsadimiz bo‘lib kelgan. Endi esa qo‘shimcha vazifalar — Chempionlar Ligasi va Germaniya Kubogiga o‘tamiz. Prezident sifatida ayollar jamoamiz chorshanba kuni ketma-ket to‘rtinchi chempionlikni qo‘lga kiritishi mumkinligidan va shanba kuni «Alyans-Arena»da Chempionlar Ligasi yarim finali doirasida «Barselona»ni qabul qilishidan xursandman. Muxlislarimiz klubning mavsumdan mavsumga ko‘rsatayotgan natijalari bilan faxrlanishlari mumkin», — dedi Xayner.

Kiritildi: 20:45, 20.04.2026.
O'qildi: 758 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик