Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Runi «Arsenal» muxlislariga maslahat berdi

Runi «Arsenal» muxlislariga maslahat berdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» va Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Ueyn Runi Londonning «Arsenal» klubi ishqibozlarining xatti-harakatlarini tanqid ostiga oldi.

Angliya Premyer-ligasining so‘nggi turida Mikel Arteta shogirdlari «Manchester Siti» jamoasiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ushbu muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng muxlislar tomonidan bildirilayotgan e’tirozlarga munosabat bildirgan Runi quyidagilarni ta’kidladi:

— Menimcha, «Arsenal» muxlislari o‘z jamoasini yanada faolroq qo‘llab-quvvatlashlari kerak. Men ularning «Bornmut»ga qarshi o‘yinda o‘z futbolchilarini hushtakbozlik bilan kutib olganlarini ko‘rdim. Vaholanki, jamoa butun mavsum davomida ajoyib o‘yin ko‘rsatdi, hozirda esa ularda shunchaki kichik pasayish kuzatilmoqda, xolos.

Shuningdek, sobiq futbolchi «Manchester Yunayted» muxlislarini namuna sifatida ko‘rsatib o‘tdi:

— «Manchester Yunayted» Erik ten Xag va keyinchalik Ruben Amorim boshqaruvi davrida og‘ir damlarni boshidan o‘tkazdi. Biroq muxlislar har doim murabbiylarni qo‘llab-quvvatlab, tribunalardan turib ularga dalda berishdi va deyarli hech qachon hushtakbozlik qilish darajasiga borishmadi, — dedi U. Runi.

Ma’lumot uchun, ayni paytda «Arsenal» 70 ochko bilan APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda borayotgan «Manchester Siti» hisobida 67 ochko mavjud bo‘lib, «shaharliklar» ixtiyorida yana bitta zaxira o‘yini bor.

Kiritildi: 23:04, 20.04.2026.
O'qildi: 937 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик