Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 21:30 Komo 2-1 Parma
14/09 21:30 Torino 0-2 Roma
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 0-0 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 0-0 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol 1-0 As-Sadd
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

A seriya. «Fiorentina»ning «katenachcho»si muhim durang uchun yetarli bo‘ldi (videosharh)

A seriya. «Fiorentina»ning «katenachcho»si muhim durang uchun yetarli bo‘ldi (videosharh)

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining 33-turidan o‘rin olgan «Lechche» — «Fiorentina» bahsda mehmonlarni durang ham qanoatlantirsa, mezbonlarga g‘alaba juda zarur edi.

«Fiorentina» so‘nggi turlarda barqaror natijalar qayd etib, hatto oxirgi ikki o‘yinda 1:0 hisobida g‘alaba qozongan, bunda darvozabon David De Xea asosiy qahramonga aylangan edi. Bugun ham u bosim ostida ishonchli o‘ynadi, garchi bir gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsa-da.

Konferensiyalar ligasida «Kristal Pelas»ga qarshi g‘alabadan keyin jamoa ruhiy jihatdan ko‘tarilgani aytilgan edi. Biroq ikki o‘yin natijasiga ko‘ra musobaqani tark etgani «Fiorentina»ni charchagan holatda qoldirgani ko‘rindi. Bugungi o‘yinda jamoa ko‘proq himoyaga tayandi.

«Lechche» esa turnir jadvalida pastki o‘rinlar uchun kurashayotgan jamoalardan biri sifatida har bir ochko uchun jang qilmoqda. G‘alaba qozongan taqdirda raqibini ham xavfli zonaga yaqinlashtirishi mumkin edi. Ammo durang ham ular uchun muhim natija bo‘ldi — jamoa «Kremoneze» bilan ochkolar sonini tenglashtirdi.

Maydon egalari o‘yinda ustunlik qildi: zarbalar bo‘yicha 14:5, hujumdagi uzatmalar 200:71, raqib jarimasidagi to‘pga tegishlar 36:6. Ammo hujumdagi aniqlik va himoyadagi xato yana o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.

«Fiorentina» birinchi jiddiy zarbasini faqat 29-daqiqada amalga oshirdi, ammo oradan bir daqiqa o‘tib Xarrison hisobni ochdi. Keyingi daqiqalarda «Lechche» bosimni kuchaytirdi va ikkinchi bo‘limda deyarli to‘liq ustunlik qildi. Nihoyat, 71-daqiqada Gabriel burchak zarbasidan so‘ng hisobni tenglashtirdi.

Shu tariqa, «Fiorentina» chempionatda ketma-ket oltinchi o‘yinda mag‘lub bo‘lmadi va xavfli zonadan 8 ochko uzoqlikda qoldi. Jamoa amalda elitada qolishga yaqin. «Lechche» esa so‘nggi uy o‘yinlarida barqarorlikni saqlab, A seriyada qolish uchun kurashni davom ettiradi.

A seriya. 33-tur
Lechche. «Via Del Mare»
«Lechche» — «Fiorentina» — 1:1
Gollar: Gabriel, 71 — Xarrison, 30
«Lechche»: Falkone, D. Veyga, Gabriel, Zibert, Gallo (Ndaba 85), Ramadani, Ngom (Gandelman 57), L. Kulibali, Pyerotti, Xeddira (Shtulich 57), Ndri (Banda 56)
«Fiorentina»: De Xea, Dodo, Pongrachich, Ranyeri, Gozens (Balbo 11), Fadjoli (Fabbian 80), Mandragora, Ndur (Breshianini 80), Xarrison (Fassini 80), Pikkoli, Gudmundsson (Solomon 60)
Ogohlantirishlar: Pyerotti 62, Gabriel 72 — De Xea 76, Pongrachich 80, Fassini 82, Solomon 90+1
Bosh hakam: Fabio Mareska

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:02, 21.04.2026.
O'qildi: 986 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик