Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Jokovich tennis tarixidagi dahshatli rekordni yangiladi

Jokovich tennis tarixidagi dahshatli rekordni yangiladi

Baho:
+ | -

Serbiyalik tennischi 860 hafta davomida ATP reytingining kuchli beshligidan o‘rin oldi va shveysariyalik Rojer Federerning natijasini ortda qoldirdi.

Tennis bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turnirlarining 24 karra g‘olibi Novak Jokovich 860 hafta (16 yildan ko‘proq vaqt) davomida ATP reytingining yuqori beshligida bo‘lib, yangi rekord qayd etdi. Avvalgi rekord Rojer Federerga tegishli edi (859 hafta). Kuchli uchlikni ispaniyalik Rafael Nadal yakunlab bergan (837 hafta).

Jokovich ushbu davr mobaynida reytingda quyidagi o‘rinlarni egallagan:

1-o‘rin: 428 hafta
2-o‘rin: 171 hafta
3-o‘rin: 165 hafta
4-o‘rin: 59 hafta
5-o‘rin: 37 hafta

Ma’lumot o‘rnida, Jokovich so‘nggi uchta "Masters" seriyasiga kiruvchi turnirlarni o‘tkazib yubordi. Qayd etilishicha, u musobaqalar grafigini optimallashtirish maqsadida ayrim turnirlarda qatnashmaslikka qaror qilgan.

Hozirda 38 yoshli Jokovich ATP reytingida 4-o‘rinni egallab turibdi. U faoliyati davomida 101 ta titulni qo‘lga kiritgan bo‘lib, ulardan 24 tasi “Katta dubulg‘a” turnirlari hisoblanadi (erkaklar o‘rtasidagi rekord natija). Shuningdek, u 2024 yilgi Parij Olimpiadasining oltin, 2008 yilgi Pekin Olimpiadasining bronza medali sohibi va Devis kubogi (2010) g‘olibi bo‘lgan. Serbiyalik tennischi jahonning birinchi raketkasi sifatida ATP reytingini boshqarish bo‘yicha ham mutlaq rekordchi hisoblanadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 07:07, 21.04.2026.
O'qildi: 1385 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик