Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

«Nyukasl» Gordonning narxini aytdi

«Nyukasl» Gordonning narxini aytdi

Baho:
+ | -

The Times nashrining xabariga ko‘ra, agar Germaniya klubi kamida 75 million funt taklif qilsa, «Nyukasl» Entoni Gordonning «Bavariya»ga transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlashga tayyor.

Avvalroq, vinger o‘z yaqinlariga Myunxen jamoasiga o‘tishga tayyor ekanligini ma’lum qilgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

«Bavariya» 25 yoshli futbolchini shu yozgi transfer oynasidagi asosiy xaridlardan biri sifatida ko‘rmoqda. «Nyukasl» bu qiziqishdan xabardor, biroq hozircha klublar o‘rtasida rasmiy aloqa o‘rnatilmagan. Shuningdek, Gordonning o‘zi ham ushbu transferga ijobiy qarayotgani aytilmoqda.

«Bavariya» Gordonni dastlab taxminan 55 million funtga baholagan edi, ammo «Nyukasl» faqat boshlang‘ich narx 75 millionga ko‘tarilgan taqdirdagina kelishuvni muhokama qilishga tayyor.

Hozirgi bosqichda «Bavariya» Gordon uchun kurashda yaqqol favorit bo‘lib turibdi va bu borada avvalroq futbolchiga qiziqish bildirgan «Liverpul» hamda «Arsenal»ni ortda qoldirmoqda. Tez orada Gordonning agentlari «Bavariya» vakillari bilan uchrashishi mumkin.

Joriy mavsumda Entoni APLda 26 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 08:48, 21.04.2026.
O'qildi: 1069 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик