Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

De Dzerbi: «Xavi Simons men bilan ishlayotganidan baxtiyor bo‘lishi kerak»

De Dzerbi: «Xavi Simons men bilan ishlayotganidan baxtiyor bo‘lishi kerak»

Baho:
+ | -

«Tottenxem» bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi yarim himoyachi Xavi Simons bilan «maxsus aloqa» o‘rnatgani haqida gapirib berdi.

«Uning men bilan ishlayotgani — omadi. Bu mening kuchliligim uchun emas, balki o‘zim ham «o‘ninchi raqam» (pleymeyker) bo‘lganim uchundir. U hozir nimani o‘ylayotgan bo‘lsa, men bu haqda 20 yil avval o‘ylaganman. Shuning uchun oramizda o‘ziga xos bog‘liqlik bor. Men o‘zim birga ishlaydigan barcha «o‘ninchi raqam»lar bilan maxsus aloqaga egaman. Men bu pozisiyani yaxshi ko‘raman. «O‘ninchi raqam» shuni tushunishi kerakki, u shunchaki odamlarga yoqish uchun emas, balki gol urish va golli uzatmalarni amalga oshirish uchun o‘ynashi lozim.

O‘ylaymanki, u yanada yaxshiroq o‘yin ko‘rsata oladi. Chunki unga o‘xshagan futbolchilarga murabbiyning ishonchi kerak va men unga zarur bo‘lgan barcha ishonchni berish uchun shu yerdaman», — deya italiyalik mutaxassisning so‘zlaridan iqtibos keltiradi SpursPlay.

2025/2026 yilgi mavsumda 23 yoshli niderlandiyalik futbolchi 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 11:36, 21.04.2026.
O'qildi: 372 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик