Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Gabriel Jezus sobiq jamoasi muxlisining haqoratiga javob qaytardi

Gabriel Jezus sobiq jamoasi muxlisining haqoratiga javob qaytardi

Baho:
+ | -

«Arsenal» hujumchisi Gabriel Jezus va «Manchester Siti» muxlisi o‘rtasida mojaro yuzaga keldi.

Futbolchi APLning 33-turidan o‘rin olgan ikki jamoa o‘rtasidagi bahsni zaxira o‘rindig‘ida boshladi. Ijtimoiy tarmoqlarda 2017 yildan 2022 yilgacha «shaharliklar» sharafini himoya qilgan braziliyalik futbolchining maydon chetida chigal yozdi mashqlarini bajarayotgani aks etgan video tarqaldi.

Hujumchining orqasida turgan «Siti» muxlislaridan biri unga qarata: «Sotqin, hisob qanaqa?» — deb baqirgan. Bu Jezusning e’tiborini tortdi va u muxlisning oldiga kelib, qo‘li bilan ko‘kragiga ishora qilgan holda: «Men bu yerda 11 ta sovrin yutganman», — deb javob qaytardi.

Muxlis esa: «Ha, lekin hozir kimsan? Hozir kimsan o‘zi?» — deya baqirishda davom etgan. Shundan so‘ng braziliyalik futbolchi muxlisga ishora qilib, qo‘llari bilan boshida «shox» belgisini (yoki aqldan ozganlik ishorasini) ko‘rsatgan.

Kiritildi: 12:18, 21.04.2026.
O'qildi: 918 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик