Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Tebas: «Real» kurashni davom ettirishi kerak»

Tebas: «Real» kurashni davom ettirishi kerak»

Baho:
+ | -

La Liga prezidenti Xavyer Tebas «Real» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloaning hakamlik haqidagi bayonotlariga munosabat bildirdi.

Avvalroq Arbeloa shunday degan edi: «Jirona» bilan o‘yindagi kabi vaziyatlar tufayli «Real» uchun La Ligani emas, Chempionlar Ligasini yutish osonroq. Bu ko‘p narsadan dalolat beradi».

10 aprel kuni «Real» va «Jirona» La Liga doirasida durang (1:1) o‘ynashgan edi. Bosh hakam Xavyer Alberola Roxas 88-daqiqada Kilian Mbappe jarima maydonchasida yiqilganidan so‘ng «Jirona» darvozasiga penalti belgilamagandi.

«Men Arbeloaning gaplarini avval ham eshitganman. U avval bitta gapni aytadi, keyin boshqasini va hokazo. Boshqacha fikrda bo‘lgan insonlar ham bor.

Menimcha, «Real» kurashni davom ettirishga harakat qilishi kerak, chempionatda mavsum hali tugamadi, farqni qisqartirish uchun ochkolar yetarli. Ishonchim komil, «Barselona» barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonmaydi, har holda katta farq bilan emas, shuning uchun kurashni davom ettirish uchun ochkolar hali yetarli.

Agar u «Jirona» bilan o‘yin haqida gapirayotgan bo‘lsa, yaqinda ular «Bavariya» bilan o‘yindagi hakam haqida ham gapirishgandi. Hammasi o‘sha-o‘sha, faqat «Bavariya» bilan o‘yinda u (javob uchrashuvi hakami Slavko Vinchich) sloveniyalik bo‘lgani uchun shunday deyishdi», — dedi Tebas.

Kiritildi: 14:41, 21.04.2026.
O'qildi: 1042 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик