Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Maluda: «U Azar emas!»

Maluda: «U Azar emas!»

Baho:
+ | -

Londonning «Chelsi» klubi sobiq futbolchisi Floran Maluda jamoaning yosh yulduzi Estevao atrofidagi muhokamalarga o‘z munosabatini bildirdi. Maludaning fikricha, yosh futbolchini klub afsonasi Eden Azar bilan qiyoslash uning rivojlanishiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.

«Biz Estevaoni Azar bilan solishtirmasligimiz kerak. Bu unga yordam bermaydi. Azar — ko‘plab sovrinlar sohibi va klub tarixiga ulkan hissa qo‘shgan afsonaviy o‘yinchi. Hozirgi vaziyat va kontekst esa butunlay boshqacha», — dedi Maluda.

Eslatib o‘tamiz, Estevao 2025 yilda «Palmeyras»dan 47 million yevro evaziga sotib olingan edi. Joriy mavsumda 19 yoshli braziliyalik vinger «ko‘klar» safida barcha turnirlarda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Ayni damda Transfermarkt portali futbolchini 80 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 21:27, 21.04.2026.
O'qildi: 1274 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик