Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Aleksandr Syorlot faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin. Insayder Ekrem Konurning xabar berishicha, norvegiyalik futbolchiga «Milan» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
«Rossoneri» 2024 yilda «Vilyarreal»dan 32 million yevro evaziga sotib olingan hujumchi uchun taxminan 40 million yevro sarflashga tayyor. Sorlotning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda 30 yoshli hujumchi «matraschilar» safida barcha turnirlarda 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Qiziqarli jihati shundaki, Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 20 million yevroga baholamoqda.













