Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

«Barselona» yozda Shesni o‘rniga boshqa darvozabon olib kelmoqchi

«Barselona» yozda Shesni o‘rniga boshqa darvozabon olib kelmoqchi

Baho:
+ | -

«Barselona» rahbariyati orasida shu yozda Voysex Shesnining o‘rniga yangi darvozabon sotib olish zarurligi haqidagi ishonch ortib bormoqda. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» «Real Sosyedad» posboni Aleks Remiro nomzodini ko‘rib chiqishmoqda. Shuningdek, «Elche»ga ijaraga berilgan Inyaki Penyani qaytarish varianti ham istisno etilmaydi. Biroq, Penya borasida shubhalar mavjud, chunki uning bosh murabbiy Xans-Diter Flik bilan ziddiyati bor. 2025 yilning yanvarida Flik mashg‘ulotlarga kechikkani uchun darvozabonni tarkibdan chetlashtirgan edi.

Bundan tashqari, jamoaning yoshlar tarkibidagi Diyego Kochenni asosiy jamoaga jalb qilish varianti ham o‘rganilmoqda. 20 yoshli posbon mana ikki mavsumdirki asosiy tarkib bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqda.

Shuningdek, xabarda aytilishicha, «Barselona» jarohatidan tiklanayotgan Mark-Andre ter Shtegenni sotib yuborishga harakat qilib ko‘radi.

Kiritildi: 23:06, 21.04.2026.
O'qildi: 420 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик