Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Inter» kambek orqali «Komo»ni mag‘lub etib, Italiya kubogi finaliga yo‘l oldi (videosharh)

«Inter» kambek orqali «Komo»ni mag‘lub etib, Italiya kubogi finaliga yo‘l oldi (videosharh)

Baho:
+ | -

Italiya Kubogi yarim final javob uchrashuvida «Inter» o‘z maydonida «Komo»ni qabul qildi. Qiziqarli va keskin kurashlarga boy o‘yinda milanliklar 3:2 hisobida irodali g‘alabaga erishdi.

Uchrashuvning 32-daqiqasida xorvatiyalik futbolchi Martin Baturina mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 48-daqiqada yarim himoyachi Lukash Da Kunya «Komo» ustunligini ikki barobarga oshirdi.

69-daqiqada «Inter» tayanch yarim himoyachisi Hakan Chalxanoglu hisobni qisqartirdi. 86-daqiqada Chalxanoglu dubl rasmiylashtirib, muvozanatni tikladi. 89-daqiqada esa yarim himoyachi Petar Suchich «Inter»ga g‘alaba keltirgan golni urdi.

Jamoalar o‘rtasidagi ilk o‘yin 3 mart kuni bo‘lib o‘tgan va 0:0 hisobida yakunlangan edi. Shu tariqa, «Inter» ikki o‘yin natijasiga ko‘ra Italiya Kubogi finaliga yo‘l oldi. Ikkinchi finalchi 22 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan «Atalanta» — «Lasio» juftligida aniqlanadi (birinchi o‘yin — 2:2).

Italiya kubogi. Yarim final, javob uchrashuvi
21 aprel 2026 yil. Milan
«Inter» — «Komo» 3:2
Gollar: Baturina 32 (0:1), Da Kunya 48 (0:2), Chalxanoglu 69 (1:2), Chalxanoglu 86 (2:2), Suchich 89 (3:2)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:17, 22.04.2026.
O'qildi: 1446 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик