Kirish Ro'yxatdan o'tish

Arbeloa: «Bavariya»ga qarshi o‘yindan so‘ng suhbatlashdik va qolgan 7 ta uchrashuvda g‘alaba qozonishga kelishib oldik»

Arbeloa: «Bavariya»ga qarshi o‘yindan so‘ng suhbatlashdik va qolgan 7 ta uchrashuvda g‘alaba qozonishga kelishib oldik»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Ispaniya La Ligasining 33-turida «Alaves»ga qarshi kechgan (2:1) uchrashuvdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Biz birinchi bo‘limda ustunlik qildik. Ko‘proq gol urishimiz va o‘yin taqdirini ertaroq hal qilishimiz kerak edi, raqibga o‘yinga qaytish imkonini bermasligimiz lozim edi.

«Bavariya»ga qarshi o‘yindan so‘ng suhbatlashdik va qolgan 7 ta uchrashuvda g‘alaba qozonishga kelishib oldik. Bu — bizning maqsadimiz. Birinchi g‘alaba bor, yana oltitasi qoldi. Ispaniya chempionati davom etyaptimi? Matematik jihatdan hali yakunlangani yo‘q, demak, ha, u davom etmoqda», — dedi murabbiy klub matbuot xizmatiga.

Ispaniya chempionatida 32 ta o‘yindan so‘ng «Real Madrid» 73 ochko bilan musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 08:25, 22.04.2026.
O'qildi: 673 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик