Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

«Vilyarreal» hujumchisi: «Sherki Yamaldan kuchliroq»

«Vilyarreal» hujumchisi: «Sherki Yamaldan kuchliroq»

Baho:
+ | -

«Vilyarreal» hujumchisi Jorj Mikautadze «Manchester Siti» a’zosi Rayan Sherkini «Barselona» yulduzi Lamin Yamaldan ustun deb hisoblashini ma’lum qildi.

Gruziyalik futbolchi Sherki bilan 2025 yilning yoziga qadar «Lion» safida birga to‘p surgan. Keyinchalik fransiyalik futbolchi «shaharliklar» safiga, Mikautadzening o‘zi esa Ispaniya chempionatiga yo‘l olgan edi.

«Bunday futbolchilarning o‘yinini tomosha qilish juda yoqimli, ammo Sherki Yamaldan yaxshiroq. Rayan har ikkala oyog‘ida birdek ajoyib o‘ynaydi. Lamin esa faqat chap oyoqda kuchli, o‘ng oyog‘ini ishlatishga harakat qilsa-da, farqi seziladi.

Sherki gol urishni biladi, maydonni juda yaxshi ko‘radi, golli uzatmalar beradi va standartlarni qoyilmaqom ijro etadi — u hamma narsani qila oladi», — deya Mikautadzening so‘zlarini keltirmoqda Footmercato.

Ma’lumot uchun, Rayan Sherki yaqinda «Manchester Siti»ning «Arsenal» ustidan qozonilgan g‘alabasiga (2:1) o‘z goli bilan munosib hissa qo‘shgan edi.

Kiritildi: 08:57, 22.04.2026.
O'qildi: 1047 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик