Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Superliga. 9-turning markaziy o‘yiniga marhamat!

Superliga. 9-turning markaziy o‘yiniga marhamat!

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 9-turidan o‘rin olgan bahslar start olmoqda. Bugun muxlislar turning markaziy o‘yiniga guvoh bo‘lishadi. Mazkur bahsda turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turgan «Paxtakor» jamoasi beshinchi o‘rinni egallab turgan «Buxoro» klubi mehmoni bo‘ladi.

Har ikki jamoa mavsumni yaxshi boshladi, deyish mumkin. «Paxtakor» o‘zi o‘tkazgan 8 ta o‘yinning 7 tasida g‘alaba qozondi. Shuningdek, jamoa safarda o‘tkazgan barcha o‘yinlarida g‘alaba qozongani e’tiborga molik. «Sherlar» safarda mag‘lub etgan jamoalar ichida amaldagi chempion «Neftchi» ham borligi ushbu g‘alabalar nufuzini yanada oshiradi.

O‘z navbatida, «Buxoro» jamoasi ham bu yil mehmon sifatida o‘tkazgan birorta o‘yinida mag‘lubiyatga uchramagan. Aleksandr Xomyakov boshqaruvidagi klub joriy mavsum Buxoroda kechgan o‘yinlarda «Qo‘qon-1912», «Qizilqum», «Dinamo» kabi jamoalarni mag‘lub etdi. Shuningdek, «Xorazm» jamoasi bilan durang o‘ynadi. Shundan xulosa qilish mumkinki, «Buxoro» o‘z maydonida istalgan klubga jang taklif qila oladi.

Bundan tashqari o‘tgan mavsumda «Buxoro» jamoasi O‘zbekiston kubogi finalida «Paxtakor»ga alamli tarzda mag‘lub bo‘lgan edi. Shunday ekan, bu galgi uchrashuvga uy egalari yuqori motivasiya va revansh olish kayfiyati bilan tushishlari tabiiy.

Xo‘sh, turning markaziy o‘yinida bizni nima kutmoqda? «Paxtakor» safarda g‘alaba qozonib yetakchiligini mustahkamlaydimi yoki «Buxoro» o‘z muxlislari qarshisida Kubok finalidagi mag‘lubiyat uchun revansh oladimi?

Bu savolga bugun 20:15 da start oladigan «Buxoro» — «Paxtakor» o‘yini orqali javob topamiz.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 11:48, 22.04.2026.
O'qildi: 1494 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик