Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Chelsi» ustozi keskin bayonot bilan chiqdi

«Chelsi» ustozi keskin bayonot bilan chiqdi

Baho:
+ | -1

Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi Liam Rosenyor APL doirasida «Brayton»dan uchralgan yirik mag‘lubiyatdan (0:3) so‘ng futbolchilarning o‘yinga bo‘lgan munosabatidan noroziligini bildirdi.

Angliyalik mutaxassisning ta’kidlashicha, «ko‘k-anorranglilar» seshanba kungi bahsda yetarlicha kurash olib borishmagan va shu sababli «chaykalar» tomonidan hech qanday imkoniyatsiz mag‘lub etilgan. E’tiborli jihati, bu «Chelsi»ning Premyer-liga doirasida gol ura olmay mag‘lubiyatga uchragan ketma-ket beshinchi o‘yini bo‘ldi.

Taniqli insayder Fabrisio Romano murabbiyning quyidagi so‘zlarini keltirmoqda:

«Yakshanba kuni maydonga klub uchun jang qilishga tayyor bo‘lgan futbolchilarni tushiraman. Bizga hozirning o‘zida radikal o‘zgarishlar kerak. Hammamiz ko‘zguga qarashimiz lozim. Men ham ko‘zguga qarashim shart», — dedi Rosenyor.

Ma’lumot uchun, «Chelsi» navbatdagi uchrashuvini 26 aprel kuni Angliya Kubogi yarim finali doirasida «Lids»ga qarshi o‘tkazadi. O‘z maydonida kechadigan ushbu bahs londonliklar uchun mavsumni saqlab qolish va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun so‘nggi imkoniyatlardan biri hisoblanadi.

Kiritildi: 12:10, 22.04.2026.
O'qildi: 763 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик