Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Yuve" Levandovskiga qancha maosh taklif qilmoqchi ekani ma’lum bo‘ldi

"Yuve" Levandovskiga qancha maosh taklif qilmoqchi ekani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Turinning «Yuventus» klubi yaqin kunlarda Robert Levandovskining vakillari bilan uchrashuv o‘tkazadi. Polyak hujumchisining «Barselona» bilan shartnomasi shu yozda yakuniga yetadi va futbolchi ayni damda faoliyatini davom ettirish uchun turli variantlarni ko‘rib chiqmoqda.

Taniqli insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, «keksa sinyora» 37 yoshli yulduzga yillik 6 million yevro maosh bilan bir yillik shartnoma taklif qilishga tayyor. Hozircha hujumchi ushbu moliyaviy shartlarga rozi bo‘lishi yoki bo‘lmasligi noma’lum.

Levandovskiga «Yuventus»dan tashqari Saudiya Arabistoni, Turkiya va MLS klublari hamda Italiyaning boshqa bir grandi — «Milan» tomonidan qiziqishlar mavjud.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq futbolchining o‘zi maoshi kamayishiga rozi bo‘lgan holda «Barselona» bilan amaldagi kelishuvini uzaytirishga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq kataloniyaliklarning yozgi transfer rejalari va tarkibni yoshartirish siyosati hujumchining kelajagiga ta’sir qilishi mumkin.

Avvalroq «Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoa yozgi transfer oynasida «ahmoqona xatolar»ga yo‘l qo‘ymasligi va Deku bilan birgalikda tarkibni kuchaytirish ustida ishlayotganini ta’kidlagan edi.

Kiritildi: 12:16, 22.04.2026.
O'qildi: 954 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик