Kirish Ro'yxatdan o'tish

Maynuning maoshi bir necha baravarga oshadi

Maynuning maoshi bir necha baravarga oshadi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Kobbi Maynu bilan hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Tribal Football nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, tomonlar maosh miqdori sezilarli darajada oshirilgan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolash ustida ishlashmoqda. Qayd etilishicha, 21 yoshli yarim himoyachining ish haqi yangi kelishuvga ko‘ra bir necha barobarga ko‘payishi kutilmoqda.

Maynuning «qizil iblislar» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portali iqtidorli futbolchining bozor qiymatini 50 million yevroga baholagan.

Ma’lumot uchun, Kobbi Maynu Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumida 23 ta uchrashuvda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Avvalroq «MYU»ning boshqa bir yarim himoyachisi Brunu Fernandeshga Turkiyaning «Galatasaroy» klubidan jiddiy qiziqish bo‘layotgani haqida xabar berilgan edi.

Kiritildi: 12:18, 22.04.2026.
O'qildi: 470 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик