Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Xyoysen: «La Ligada g‘olib chiqish qiyinligini bilamiz, lekin oxirigacha kurashamiz»

Xyoysen: «La Ligada g‘olib chiqish qiyinligini bilamiz, lekin oxirigacha kurashamiz»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi markaziy himoyachisi Din Xyoysen La Liga doirasida «Alaves» ustidan qozonilgan g‘alabadan (2:1) so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Alvaro Arbeloa shogirdlari Kilian Mbappe va Vinisius Juniorning gollari evaziga muhim uch ochkoni qo‘lga kiritishdi. Biroq uchrashuvning ikkinchi bo‘limida madridliklar o‘z darvozalari oldida raqibga bir qator golli vaziyatlar yaratish imkonini berib qo‘yishdi.

Xyoysen o‘yindan keyin bergan intervyusida jamoaning o‘yinidagi barqarorlik yetishmaganiga e’tibor qaratdi:

«Biz o‘yinni yaxshi boshladik, ammo ba’zi vaziyatlarda darajamiz pasayib ketdi — bunday holat yuz bermasligi kerak. La Ligada g‘olib chiqish qiyin bo‘lishini bilamiz, ammo biz oxirgi soniyagacha kurashishga majburmiz», — dedi futbolchi.

Ma’lumot uchun, ushbu g‘alabadan so‘ng «Real» turnir jadvalida peshqadam «Barselona»ni ta’qib qilishni davom ettirmoqda. Ammo kataloniyaliklar bitta kam o‘yin o‘tkazgan holda 6 ochkolik farq bilan oldinda bormoqda.

Kiritildi: 13:03, 22.04.2026.
O'qildi: 358 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик