Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Opta: APL chempionlik poygasidagi eng omadsiz jamoalar reytingi e’lon qilindi

Opta: APL chempionlik poygasidagi eng omadsiz jamoalar reytingi e’lon qilindi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi Angliya Premyer-ligasi tarixida turnir jadvalida eng uzoq vaqt peshqadamlik qilib, yakunda chempionlikka erisha olmagan jamoaga aylandi. Bu haqda Opta statistik kompaniyasi taqdim etgan ma’lumotlar dalolat bermoqda.

Mikel Arteta shogirdlari 2022/23 yilgi mavsumda rekord darajada — 248 kun davomida birinchi o‘rinni egallab turishgan, biroq yakunda marraga ikkinchi bo‘lib etib borishgan edi.

Reytingning ikkinchi pog‘onasidan 1995/96 yilgi mavsumda 212 kun peshqadamlik qilgan «Nyukasl» joy olgan. Kuchli uchlikni yana «Arsenal» yakunlab bermoqda — londonliklar joriy mavsumda ham allaqachon 200 kundan beri jadval yuqorisida turishibdi, ammo chempionlik masalasi hamon so‘roq ostida qolmoqda.

Shuningdek, ro‘yxatdan quyidagi natijalar ham joy olgan:

  • «Manchester Yunayted» (1997/98) — 187 kun (yakunda 2-o‘rin);

  • «Arsenal» (2007/08) — 156 kun (yakunda 3-o‘rin);

  • «Liverpul» (2018/19) — 141 kun (yakunda 2-o‘rin).

Eslatib o‘tamiz, ayni damda «Arsenal» turnir jadvalida birinchi o‘rinda borayotgan bo‘lsa-da, «Manchester Siti» ularni izma-iz ta’qib qilmoqda. Agar «shaharliklar» bugun «Byornli»ni mag‘lub etishsa, ochkolar bo‘yicha «kanonirlar»ga yetib olishadi.

Kiritildi: 13:23, 22.04.2026.
O'qildi: 969 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик