Kirish Ro'yxatdan o'tish

Arbeloa Vinisiusning Madriddagi kelajagi haqida gapirdi

Arbeloa Vinisiusning Madriddagi kelajagi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa jamoa hujumchisi Vinisius Junior bilan amaldagi shartnomani uzaytirish borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Taniqli insayder Fabrisio Romano ispaniyalik mutaxassisning matbuot anjumanida aytgan so‘zlarini keltirmoqda:

«Vinisius bilan shartnomani uzaytirish? Uning «Real»da qolishini umid qilaman va shuni istayman. Muxlislar uni juda yaxshi ko‘rishadi», — dedi Arbeloa.

Ma’lumot uchun, 25 yoshli braziliyalik futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 48 ta o‘yinda maydonga tushdi. Ushbu bahslarda Vinisius 18 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:30, 22.04.2026.
O'qildi: 626 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик