Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Chelsi» 114 yil ichida ilk bor bunday natija qayd etdi

«Chelsi» 114 yil ichida ilk bor bunday natija qayd etdi

Baho:
+ | -

Londonning «Chelsi» klubi Angliya chempionati tarixida so‘nggi 114 yil ichida kuzatilmagan sharmandali natijani qayd etdi. Bu haqda Squawka statistik portali o‘zining X (sobiq Twitter) sahifasida xabar bermoqda.

Seshanba, 21 aprel kuni londonliklar «Brayton»ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Bu Liam Rosenyor shogirdlari uchun APL doirasidagi qatorasiga beshinchi mag‘lubiyat bo‘ldi. Eng achinarlisi, «aristokratlar» ushbu beshta o‘yinning birortasida raqib darvozasiga yo‘l topa olishmadi.

«Chelsi»ning omadsizliklar seriyasi quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • «Manchester Yunayted» — 0:1;

  • «Manchester Siti» — 0:3;

  • «Everton» — 0:3;

  • «Nyukasl» — 0:1;

  • «Brayton» — 0:3.

Ayni paytda «Chelsi» 34 ta o‘yindan so‘ng 48 ochko bilan turnir jadvalining 7-pog‘onasini egallab turibdi. Jamoa navbatdagi uchrashuvini 4 may kuni o‘z maydonida «Nottingem Forest»ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 13:47, 22.04.2026.
O'qildi: 567 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик