Kirish Ro'yxatdan o'tish

Pogba «MYU»dan ilk bor ketishga qaror qilgan kunini esladi

Pogba «MYU»dan ilk bor ketishga qaror qilgan kunini esladi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» sobiq yarim himoyachisi Pol Pogba Manchester klubidagi ilk faoliyati davomida nima sababdan jamoani tark etish haqida o‘ylab qolganini so‘zlab berdi.

«Bir safar «Blekbern»ga qarshi o‘yinda tarkibda yarim himoyachilar qolmagandi. O‘shanda Pak Ji Sun va Rafael markazda o‘ynashgan. Men birinchi bo‘lim davomida va ikkinchi bo‘limning 17-daqiqasigacha chigal yozdi mashqlarini bajardim, lekin baribir maydonga tushirilmadim. O‘shanda o‘zimga: «Agar ular menga ishonishmasa, klubdan ketishim mumkin», deb aytganman», — dedi Pogba Rio Ferdinandning podkastida.

Ma’lumot uchun, Pol Pogba «Manchester Yunayted» safida ikki davrda — 2011–2012 va 2016–2022 yillarda to‘p surgan. U «qizil iblislar» libosida barcha turnirlarda jami 233 ta o‘yinda maydonga tushib, 39 ta gol va 51 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 18:28, 22.04.2026.
O'qildi: 931 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик