Italiyaning «Milan» klubi sobiq darvozaboni Kristian Abbyatining fikricha, murabbiyning Madridning «Real» klubi yoki Italiya terma jamoasiga ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga qaramay, klub Massimiliano Allegri bilan hamkorlikni davom ettirishi lozim.
«Agar sizda jiddiy niyatlar bo‘lsa, unda Allegri bilan ishlash kerak. U klubni va uning qadriyatlarini allaqachon yaxshi biladi. Menimcha, murabbiyning almashishi klub uchun katta muammo bo‘ladi», — deya Abbyatining so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Allegri o‘tgan yildan beri «Milan» bilan ishlab kelmoqda. Abbyati esa 1998 yildan 2016 yilgacha klub sharafini himoya qilgan. Hozirda Allegri shogirdlari Seriya A turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turishibdi.













