Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Kanisares Karvaxal haqida: «Real» afsonasi Arbeloa tomonidan bunday munosabatga loyiq emas»

Kanisares Karvaxal haqida: «Real» afsonasi Arbeloa tomonidan bunday munosabatga loyiq emas»

Baho:
+ | -

«Real Madrid» sobiq darvozaboni Santyago Kanisares «Alaves»ga qarshi o‘yinda (2:1) Dani Karvaxalni zaxirada qoldirgani uchun Alvaro Arbeloani keskin tanqid qildi.

«Karvaxal — «Real» afsonasi. Agar u jarohat olgan bo‘lsa yoki sport formasida bo‘lmasa ham... Mayli, uni maydonga tushirishsin va buni hamma ko‘rsin. Dani Karvaxal «Real» uchun shunchalik muhim figuraki, unga nisbatan zarracha bo‘lsa-da adolat va insof ko‘rsatish kerak edi.

Biz bu voqeaning tafsilotlarini bilmaymiz. Balki bu uning murabbiy bilan munosabatlari yoki shartnomasi tugayotgani bilan bog‘liqdir... Lekin Karvaxal kabi yuqori kalibrli futbolchining bu mavsumda o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani — bu hurmatsizlik. Bechora. Karvaxal Arbeloa tomonidan bunday munosabatga loyiq emas! U bunga loyiq emas.

Bu murabbiyning adovatimi yoki boshqa narsami, bilmayman. Chunki o‘z vaqtida Karvaxal himoyada uning o‘rnini egallab, unga: «O‘z joyingga qayt, chunki bu yerda men o‘ng qanot himoyachisi bo‘laman va sendan ko‘ra yorqinroq o‘ynayman», degan edi», — dedi Kanisares COPE Tiempo de Juego dasturida.

Kiritildi: 21:23, 22.04.2026.
O'qildi: 859 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик