Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Nunes: «Manchester Siti» uchun jadvaldagi o‘rin emas, asosiy maqsad muhim»

Nunes: «Manchester Siti» uchun jadvaldagi o‘rin emas, asosiy maqsad muhim»

Baho:
+2 | -

«Manchester Siti» qanot himoyachisi Mateus Nunes jamoasining Premyer-liga turnir jadvalida birinchi o‘ringa qaytgani haqida o‘z fikrlarini bildirdi. «Shaharliklar» «Byornli» ustidan g‘alaba qozonib (1:0), yaqin vaqtgacha o‘zlaridan to‘qqiz ochko oldinda bo‘lgan Londonning «Arsenal» klubini ortda qoldirishdi.

«Biz bu yerga g‘alaba uchun kelgandik va maqsadimizga erishdik. Biz chempionlik uchun kurashyapmiz. Hozir birinchi o‘rindamizmi yoki yo‘q — buning ahamiyati yo‘q, vazifamiz o‘zgarishsiz qoladi. Bizni qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan muxlislarning daldasi ajoyib bo‘ldi», — deya Nunesning so‘zlarini keltiradi City Xtra.

Hozirda «Manchester Siti» va «Arsenal» 33 ta o‘yindan so‘ng 70 tadan ochko jamg‘arishgan. Xosep Gvardiola shogirdlari to‘plar nisbati teng bo‘lishiga qaramay, ko‘proq gol urishgani evaziga «kanonirlar»ni ortda qoldirib, peshqadamlikni qo‘lga olishdi.

Kiritildi: 09:05, 23.04.2026.
O'qildi: 561 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик