Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Fernandesh atrofida yangi jamoa quriladi

Fernandesh atrofida yangi jamoa quriladi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandesh katta ehtimol bilan yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida jamoasini o‘zgartirmaydi. Jurnalist Samuel Lakxyorstning xabar berishicha, «qizil iblislar» rahbariyati yarim himoyachiga uni kelayotgan yozda har qanday holatda ham sotishmasligini aniq tushuntirgan.

Mankunianliklar boshliqlari portugaliyalik futbolchini loyihaning asosiy figurasi deb hisoblashadi va uning atrofida yangi jamoa qurishga tayyor. Klubda 31 yoshli futbolchining joriy mavsumdagi o‘yinidan juda mamnunlar. Fernandesh hozirda Premyer-liganing assistlar (golli uzatmalar) bo‘yicha rekordini yangilash sari bormoqda — uning hisobida 30 ta o‘yinda 18 ta golli pas bor. Shuningdek, xavbek 8 ta golga ham mualliflik qilgan.

Brununing amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan va unda kelishuvni yana bir yilga avtomatik tarzda uzaytirish bandi mavjud.

Kiritildi: 12:03, 23.04.2026.
O'qildi: 1217 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик