Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Bavariya» ustozi «PSJ» bilan o‘yin oldidan o‘z rejalarini ochiqladi

«Bavariya» ustozi «PSJ» bilan o‘yin oldidan o‘z rejalarini ochiqladi

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani hozirda bor e’tibori qaysi o‘yinga — «Mayns» yoki «PSJ» bilan bo‘ladigan bahsga qaratilgani haqidagi savolga javob berdi.

«Nazariy jihatdan biz «Mayns»ga diqqat qaratamiz, garchi chempionlikni naqd qilib qo‘ygan bo‘lsak-da. Bizda o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha aniq reja bor. Men bu jarayonni o‘zgartirishni istamayman, chunki barcha o‘yinlar muhim», — deya Kompanining so‘zlarini keltiradi Bayern & Germany.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Bavariya» o‘z maydonida «Shtutgart»ni 4:2 hisobida mag‘lub etib, muddatidan oldin Germaniya chempioniga aylangan edi.

25 aprel kuni myunxenliklar safarda «Mayns» bilan to‘qnash kelishadi, 28 aprel kuni esa Kompani shogirdlari Chempionlar ligasi yarim finali doirasida Fransiyaning «PSJ» jamoasiga qarshi dastlabki safar o‘yinini o‘tkazishadi.

Kiritildi: 12:42, 23.04.2026.
O'qildi: 493 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик