Kirish Ro'yxatdan o'tish

Figu Vinisius yoki Neymarni emas, balki boshqa braziliyalikni tanladi

Figu Vinisius yoki Neymarni emas, balki boshqa braziliyalikni tanladi

Baho:
+ | -

Mashhur portugaliyalik sobiq futbolchi Luish Figu zamonaviy braziliyalik o‘yinchilardan kim bilan bir jamoada to‘p surishni istagan bo‘lishini aytdi.

2000 yilgi «Oltin to‘p» sohibining tanlovi Madridning «Real» klubi sharafini himoya qilayotgan Rodrigoga tushdi.

«Men birga o‘ynashni istagan hozirgi braziliyalik futbolchimi? Menga Rodrigo juda yoqadi. Shu bois uni tanlayman», — deya Madrid Xtra Figuning so‘zlarini keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, Rodrigo tizzasidagi xochsimon boylamlar uzilishi sababli mart oyidan beri maydonga tushmayapti. «Qaymoqranglilar»ning 25 yoshli vingeri bo‘lajak Jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi — uning safga qaytishi kuzda kutilmoqda.

Kiritildi: 12:52, 23.04.2026.
O'qildi: 988 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик