Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Yuventus» himoyani kuchaytirish uchun «Atalanta» yulduzini nishonga oldi

«Yuventus» himoyani kuchaytirish uchun «Atalanta» yulduzini nishonga oldi

Baho:
+ | -

«Atalanta»ning chap qanot himoyachisi Lorenso Bernaskoni faoliyatini «Yuventus»da davom ettirishi mumkin.

«Keksa sinyora» skautlari 22 yoshli futbolchini Italiya Kubogi yarim finali doirasidagi «Lasio»ga qarshi kechgan yaqindagi o‘yinda kuzatishdi, deb xabar bermoqda jurnalist Nikolo Skira. Turin grandi yosh italiyalikni o‘zlarining ustuvor transfer maqsadlaridan biri deb hisoblamoqda. «Atalanta» lateralning narxini 25 million yevroga baholamoqda.

Lorenso Bernaskoni joriy mavsumda Bergamo jamoasi safida 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. «Atalanta»ning porlayotgan yulduzi bilan amaldagi shartnoma 2028 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 12:58, 23.04.2026.
O'qildi: 540 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик