Kirish Ro'yxatdan o'tish

Iglesias Oyarsabalni o‘z rafiqasini haqorat qilganlikda aybladi

Iglesias Oyarsabalni o‘z rafiqasini haqorat qilganlikda aybladi

Baho:
+ | -

«Xetafe» a’zosi Xuan Iglesias va «Real Sosyedad» sardori Mikel Oyarsabal o‘rtasida mojaro kelib chiqdi. La Liganing 33-turi doirasida kechgan bahsda «Xetafe» mehmonda 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yin yakunlangach, mehmonlar himoyachisi maydon egalari hujumchisini uning rafiqasini haqorat qilganlikda oshkora aybladi.

«O‘z jamoasiga o‘rnak bo‘lishi kerak bo‘lgan sardor (Oyarsabal) mening ayolimni haqorat qilish uchun og‘zini qo‘li bilan yopib oldi», — dedi Iglesias jurnalistlarga bergan intervyusida.

U raqib futbolchisining «bu gaplarni yuziga aytishga botinmaganini» qo‘shimcha qilib, uni mardlik yetishmasligida tanqid qildi va «bu yerdagi qadriyatlar mana shunaqa», deya ta’kidladi. Xuan aytilgan so‘zlar aynan rafiqasi Isabelga qaratilganini tasdiqlagan bo‘lsa-da, aniq nima deyilganini ochiqlamaslikni afzal ko‘rdi.

«Bu gaplar o‘zimda qolgani ma’qul», — deya xulosa qildi «Xetafe» o‘yinchisi.

Kiritildi: 13:23, 23.04.2026.
O'qildi: 705 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик