Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» va Xitoy o‘rtasidagi tushunmovchilik: Tayvan bayrog‘i tushirilgan surat o‘chirib tashlandi

«Barselona» va Xitoy o‘rtasidagi tushunmovchilik: Tayvan bayrog‘i tushirilgan surat o‘chirib tashlandi

Baho:
+3 | -

«Barselona» klubi o‘z ekipirovkasidagi bolalar Tayvan bayrog‘ini ko‘tarib tushgan fotosuratni o‘chirib tashladi, deb xabar bermoqda Marca.

Ushbu post «Barsa»ning xalqaro akademiyasi bilan bog‘liq akkauntda paydo bo‘lgan va Xitoyda keskin salbiy munosabatga sabab bo‘lgan.

Klub Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida bayonot berib, yuzaga kelgan «ehtimoliy noqulayliklar» uchun uzr so‘radi va kelgusida bu kabi holatlar takrorlanmasligi uchun zarur choralar ko‘rilganini ma’lum qildi.

«Barselona» tushuntirishicha, Tayvan bayrog‘i tushirilgan surat joylashtirilgan sahifa uchinchi tomon — «Barça Academies» tomonidan boshqarilgan va mazkur kontent allaqachon olib tashlangan. Shuningdek, voqea tafsilotlarini o‘rganish uchun ichki surishtiruv ishlari boshlangani ta’kidlandi.

Klubning aniqlik kiritishicha, ushbu tasvir 2025 yilgi «Asia-Pacific Cup» yoshlar turniriga tegishli bo‘lgan.

Kiritildi: 13:52, 23.04.2026.
O'qildi: 1187 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик