«Real» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa jamoa himoyachisi Daniel Karvaxalning klubdagi holati haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Karvaxal Jahon chempionatiga borishga to‘liq tayyor, men undan mamnunman va u milliy terma jamoa uchun ham muhim futbolchi bo‘lishi kerak deb hisoblayman. U bilan munosabatlarimiz doimo yaxshi bo‘lgan, men unga har doim iliqlik, hurmat va hayrat bilan qaraganman.
Karvaxalning «Real»da qolishini istaymanmi? Siz bu haqda so‘raganingizda, men doim bir xil javob beraman: bu klub va Dani o‘rtasidagi masala. Karvaxal va «Real» uchun nimaiki yaxshi bo‘lsa, bu men uchun ham yaxshidir», — dedi Arbeloa matbuot anjumanida.
Daniel Karvaxalning «Real» bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Shu yozda himoyachi erkin agentga aylanishi mumkin.













