Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Tramp vakilining taklifi rad etildi: FIFA Eron terma jamoasini qo‘llab-quvvatladi

Tramp vakilining taklifi rad etildi: FIFA Eron terma jamoasini qo‘llab-quvvatladi

Baho:
+ | -

FIFA shu yozda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida Eron terma jamoasini Italiyaga almashtirish niyatida emas. Bu haqda BBC turli manbalarga tayangan holda xabar bermoqda.

Avvalroq AQSH prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Paolo Dzampolli shunday taklif bilan chiqqan edi. AQSH va Isroil bilan bo‘layotgan urush sababli, Eronning turnirdagi ishtiroki borasida mavhumlik saqlanib qolmoqda. FIFA Dzampollining taklifiga rasmiy munosabat bildirmadi, biroq tashkilot prezidenti Janni Infantinoning o‘tgan haftadagi bayonotiga ishora qildi. O‘shanda Infantino: «Eron jamoasi albatta keladi», — deb aytgan edi.

Financial Times gazetasining yozishicha, Dzampollining ushbu rejasi AQSH va Italiya o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni hal qilish uchun taklif etilgan. Bu kelishmovchiliklar Italiya Bosh vaziri Jorjiya Meloni Trampning Rim papasi Lev XIV haqidagi fikrlarini tanqid qilganidan keyin yuzaga kelgan edi.

FIFA qoidalariga ko‘ra, agar biror jamoa ishtirok etishdan bosh tortsa yoki turnirdan chetlashtirilsa, tashkilot rahbariyati keyingi choralar bo‘yicha «mutlaq huquq»ga ega. Jahon chempionati reglamentining oltinchi moddasida shunday deyilgan: «FIFA tegishli ishtirokchi assosiasiyani boshqa bir assosiasiya bilan almashtirish haqida qaror qabul qilishi mumkin».

Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi saralashning pley-off bosqichida Bosniya va Gersegovinaga imkoniyatni boy berib, qatorasiga uchinchi bor Jahon chempionati yo‘llanmasisiz qolgan edi.

Kiritildi: 17:25, 23.04.2026.
O'qildi: 1656 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик