Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Gallas «Chelsi»ning yangi murabbiyi borasida o‘z tanlovini aytdi

Gallas «Chelsi»ning yangi murabbiyi borasida o‘z tanlovini aytdi

Baho:
+ | -

«Chelsi»ning sobiq himoyachisi Vilyam Gallas London klubiga qanday murabbiy kerakligi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Kecha «ko‘klar» yanvar oyida tayinlangan Liam Rosenyor iste’foga chiqarilganini e’lon qilishgan edi.

«Chelsi»ga qanday murabbiy kerak edi? Menimcha, hammasi siz nima qidirayotganingizga bog‘liq. Uzoq muddatli istiqbolda Sesk Fabregasni taklif qilish mumkin, chunki u o‘z klubida [«Komo»] ishini yaxshi uddalayapti. U yosh va yosh jamoa bilan ishlashga qodir. U yaxshi natija ko‘rsatmoqda. Uzoq muddatli istiqbolda u «Chelsi»ni hamma ko‘rishni istagan mavqega qaytara olishi mumkin.

Agar qisqa muddatli istiqbol haqida gapiradigan bo‘lsak, tezda muvaffaqiyatga erishish uchun ularga Diyego Simeone kabi tajribali rahbar kerak. O‘zining xarakteri bilan u «Chelsi» bilan juda tez orada sovrinlar yutishi mumkin. Ehtimol, «Chelsi» futbolchilariga aynan shunday murabbiy kerakdir, chunki ular bizga ko‘rsatgan o‘yinlardan so‘ng, jamoada ko‘proq «jangchilar» va «askarlarni» ko‘rishimiz kerak. Menimcha, futbolchilarga nisbatan biroz qattiqqo‘lroq bo‘ladigan murabbiy zarur», — dedi Gallas BoyleSports’ga bergan intervyusida.

Kiritildi: 17:39, 23.04.2026.
O'qildi: 1253 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик