Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

“Bunyodkor” peshqadam, “Neftchi” va “Navbahor” pastki pog‘onalarda: Superliganing yoshlarga eng ko‘p ishonch bildirayotgan klublari ma’lum bo‘ldi

“Bunyodkor” peshqadam, “Neftchi” va “Navbahor” pastki pog‘onalarda: Superliganing yoshlarga eng ko‘p ishonch bildirayotgan klublari ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

CIES Football Observatory tadqiqot markazi so‘nggi besh yil ichida 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilarga eng ko‘p o‘yin vaqti bergan klublar reytingini e’lon qildi. Undagi yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Superligasining bir yo‘la 11 ta klubi yosh iqtidorlarga ishonch bildirish bo‘yicha yuqori ko‘rsatkich qayd etgan.

Reytingda yosh futbolchilarga berilgan daqiqalar foizi bo‘yicha quyidagi klublar peshqadamlik qilmoqda:

“Bunyodkor” — 13,9 foiz
“So‘g‘diyona” — 11,5 foiz
“Andijon” — 9,6 foiz
“Surxon” — 9,5 foiz
“Paxtakor” — 9,3 foiz
“Nasaf” — 8,8 foiz

Shuningdek, ro‘yxatdan “Qo‘qon-1912” (3,0 foiz), “OKMK” (2,5 foiz), “Qizilqum” (1,6 foiz), “Navbahor” (0,8 foiz) va “Neftchi” (0,5 foiz) klublari ham o‘rin olgan.

Bu ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, “Bunyodkor” va “So‘g‘diyona” kabi jamoalar tarkibni yoshartirish va o‘z akademiyasi tarbiyalanuvchilariga asosiy tarkibdan joy berish borasida O‘zbekistonda eng yaxshi tizimga ega bo‘lib turibdi.



Reytingda Daniyaning “Nordshelland” klubi mutloq yetakchiga aylandi — jamoa o‘yin vaqtining 44,7 foizini yosh futbolchilarga ishonib topshirgan. Kuchli uchlikdan Slovakiyaning “Jilina” (35,3 foiz) va Avstriyaning “RB Zalsburg” (35,0 foiz) jamoalari joy oldi.

Yevropaning kuchli beshlik chempionatlari orasida esa “Barselona” (20,7 foiz) yoshlarga eng ko‘p imkoniyat bergan klub sifatida qayd etildi. Keyingi o‘rinlarni “Strasburg” (18,6 foiz) va “Sanderlend” (18,5 foiz) egalladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:40, 23.04.2026.
O'qildi: 1701 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик