Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Kafu Neymar haqida: «Agar unda intizom bo‘lganida, barcha rekordlarni yangilardi»

Kafu Neymar haqida: «Agar unda intizom bo‘lganida, barcha rekordlarni yangilardi»

Baho:
+ | -

Afsonaviy braziliyalik sobiq futbolchi Kafu hamyurti Neymarning faoliyati haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. O‘tgan yilning boshida yulduz hujumchi o‘zining qadrdon klubi — «Santos»ga qaytgan edi va hozirda u yerda faoliyatiga yakun yasamoqda deb hisoblanadi. Fevral oyida «Barselona» va «PSJ» sobiq futbolchisi 34 yoshni qarshi oldi.

«Faqatgina iste’dodning o‘zi doim ham yetarli emas. Menda Neymar, Messi yoki Ronaldudagi kabi iqtidor bo‘lmagan, ammo men intizom va diqqat-e’tibor tufayli muvaffaqiyatga erishganman. Agar Neymarda mendagi, Messi yoki Ronaldudagi kabi intizom bo‘lganida edi, u barcha rekordlarni yangilagan bo‘lardi», — deya ikki karra Jahon chempioni Kafuning so‘zlarini keltirmoqda Al Nassr Zone.

Neymar bo‘lajak mundialga borishni rejalashtirmoqda, biroq taxminlarga ko‘ra, Karlo Anchelotti uni turnir uchun yakuniy qaydnomaga kiritishi dargumon.

Kiritildi: 11:09, 24.04.2026.
O'qildi: 523 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик