Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Tottenxem» Palinyani sotib olmoqchi, ammo...

«Tottenxem» Palinyani sotib olmoqchi, ammo...

Baho:
+ | -

«Bavariya»dan ijaraga olingan «Tottenxem» yarim himoyachisi Joau Palinya mavsum yakunlanganidan keyin Londonda qolishi mumkin. Jurnalist Florian Plettenbergning xabar berishicha, «shporlar» portugaliyalik futbolchining o‘yinidan mamnun va uni to‘liq sotib olishga tayyor, biroq bu faqat o‘z shartlari asosida amalga oshishini istamoqda.

Agar «Bavariya» dastlab kelishilgandek 25 million yevro talab qilishda davom etsa, transfer amalga oshmasligi mumkin. Londonliklar chegirmaga erishish uchun muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Myunxenliklar esa Palinyaga asosiy tarkib futbolchisi sifatida qarashmayapti, shu sababli takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Joriy mavsumda 30 yoshli xavbek «Tottenxem» safida barcha musobaqalarda 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 11:17, 24.04.2026.
O'qildi: 561 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик