Kirish Ro'yxatdan o'tish

Konatening yangi kelishuvida «PSJ» uchun sotib olish summasi ko‘rsatiladi

Konatening yangi kelishuvida «PSJ» uchun sotib olish summasi ko‘rsatiladi

Baho:
+ | -

«Liverpul» markaziy himoyachisi Ibraima Konate klubi bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi. Yaqinda fransiyalik futbolchining o‘zi «qizillar» bilan amaldagi kelishuvi tez orada yangilanishini tasdiqladi.

DaveOCKOP nashrining xabar berishicha, yangi shartnomaga katta ehtimol bilan «PSJ» uchun maxsus tovon puli belgilangan band kiritiladi. Unga ko‘ra, Parij klubi futbolchini taxminan 60 million funt sterling (taxminan 69 million yevro) evaziga sotib olishi mumkin bo‘ladi.

Ibraima Konate asli parijlik bo‘lsa-da, «PSJ» safida hech qachon to‘p surmagan. 26 yoshli futbolchi 2021 yildan beri «Liverpul» sharafini himoya qilib kelmoqda. U mersisaydliklar libosida jami 178 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 11:26, 24.04.2026.
O'qildi: 844 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик