Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Kiz: «Arteta yana ikkinchi bo‘lsa, uni iste’foga chiqarish kerak»

Kiz: «Arteta yana ikkinchi bo‘lsa, uni iste’foga chiqarish kerak»

Baho:
+ | -

Mashhur sharhlovchi va teleboshlovchi Richard Kizning fikricha, Mikel Arteta o‘z lavozimini saqlab qolishi uchun Londonning «Arsenal» klubi bilan albatta sovrin yutishi shart.

«Kanonirlar» Premyer-ligada ishonch bilan peshqadamlik qilayotgan edilar, biroq ustunlikni boy berib qo‘yishdi — endilikda ular qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha «Manchester Siti»dan ortda qolishmoqda.

Chempionlar ligasida esa poytaxt jamoasi yarim finalgacha yetib bordi va u yerda Madridning «Atletiko» klubi bilan to‘qnash keladi.

«Agar «Arsenal» yana ikkinchi o‘rinni egallasa, Arteta uchun yagona imkoniyat Chempionlar ligasidagi g‘alaba bo‘ladi. Ammo men ularni bu darajada kuchli deb o‘ylamayman. Ular «PSJ»dan yaxshiroqmi? «Bavariya»dan-chi? Arteta navbatdagi bor ikkinchi bo‘lib, o‘z ishida qolishi mumkin emas. Shunchaki mumkin emas! Agar klub rahbarlari hozir yangi murabbiy tayinlash haqida o‘ylashayotgan bo‘lmasa, demak, ular o‘z ishini yomon bajarishmoqda», – dedi Kiz Mirror Football nashriga bergan intervyusida.

Mikel Artetaning amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 13:26, 24.04.2026.
O'qildi: 695 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик