Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Arda Gyuler 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok eta oladi

Arda Gyuler 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok eta oladi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi va Turkiya terma jamoasi futbolchisi Arda Gyuler jarohatiga qaramay, 2026 yilgi Jahon chempionatida maydonga tusha oladi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Gyuler Ispaniya chempionatining 33-turidan o‘rin olgan «Alaves»ga qarshi o‘yinni (2:1) oxirigacha yetkaza olmagan edi. Keyinchalik klub futbolchining o‘ng oyoq son mushagidan jarohat olganini tasdiqladi. Manbaning xabariga ko‘ra, ushbu jarohat uning Turkiya terma jamoasi safida mundialda qatnashishiga to‘sqinlik qilmaydi.

Turkiya terma jamoasi Jahon chempionatining «D» guruhida AQSH, Paragvay va Avstraliya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 15:06, 24.04.2026.
O'qildi: 1136 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик